“Barsa” va “Real”: Hoy yulduz, kimni tanlaysan?

  • 11.11.2025 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining ikki grandi – “Barselona” va “Real” Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Dayo Upamekanoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Foot Mercato nashrining yozishicha, har ikki klub mutasaddilari 26 yoshli frantsiyalik futbolchini olish uchun yanvar oyidayoq muzokaralarga kirishishni mo‘ljallagan.

“Bavariya” etakchi himoyachisi bilan yangi shartnoma tuzishga urinib ko‘rdi. Biroq o‘yinchi talab qilgan sharoitlar Myunxen superklubiga to‘g‘ri kelgani yo‘q. Shu bois, Upamekano yozda jamoasini o‘zgatirishi mumkin.

Bu o‘yinchiga ispan klublaridan tashqari Angliya Premer-ligasidan amaldagi chempion “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!