“Barsa” xo‘jayini Flik orzu qilgan yulduzni olib bermadi

  • 18 yanvar, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z jamoasida “Bavariya” etakchilaridan Joshua Kimmixni ko‘rishni orzu qilayotgan edi.

29 yoshli yulduzning myunxenliklar bilan shartnomasi yakunlanib bormoqda. Tomonlar hamkorlikni uzaytirmasligi aytilyapti.

Yozda erkin agentga aylanadigan Kimmixni bepul olish imkoniyati bo‘lsa-da, “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta bunday foydalanmaydigan bo‘ldi.

Bunga sabab qilib, Kimmix katta maosh talab qilishi keltirilmoqda. Ayni paytda Kataloniya superklubi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida, qimmatbaho transferlar va katta maosh talab qiladigan o‘yinchilar bilan hamkorlik o‘rnatmaslik siyosatini qo‘llayapti.

“Bavariya”dan ketishga qaror qilgan Kimmixga “Real”, “Manchester Siti”, “Pari Sen-Jermen” kabi qudratli klublar ham ko‘z tikib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!