“Barsa” Xolandni kulgili narxga olmoqchi
“Barselona”ni qabul qilib olishi kutilayotgan Xavi klub rahbariyatidan yozgi transferlar vaqtida Erling Xolandni transfer qilishni so‘ramoqda.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar bu transferni 75 million evroga hal qilmoqchi ekan. Biroq, bu mo‘ljal bilan “Barselona” norvegiyalik to‘purarga egalik qilolmaydi.
Chunki Evropaning qolgan grandlari 21 yoshli hujumchi uchun katta mablag‘dan voz kechishga tayyor. Transfermarkt portali deyarli har bir uchrashuvda gol urishga qodir bo‘lgan futbolchini hozirdan 150 million evroga baholamoqda.
Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Biroq, dortmundliklar kelasi yozda uni ushlab qololmasligini bilgan holda, mo‘may daromad olishni ko‘zlamoqda.
Tabiiyki, hozirgi sharoitda superto‘purar uchun “Barselona” taklif qilayotgan summa ularni umuman qoniqtirmaydi.

Fikrlar