“Barsa” yana bir necha o‘yinchilaridan voz kechishga majbur

  • 5 oktabr, 2023, 16:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari bir necha yildan beri klubning moliviy holatini to‘liq o‘nglay olmayapti.

Tecno

Sport nashrining ta’kidlashicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida yana bir necha o‘yinchilarini sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning xarajatlari La Liga tomonidan belgilangan limitdan 270 million evroga o‘tib ketgan. Bu yozda klub  kamida bitta qimmatbaho o‘yinchini sotib yuborishiga to‘g‘ri kelishidan dalolat beradi.

Klub rahbariyati “Brayton”ga ijaraga berilgan Ansu Fati mavsumni yaxshi o‘tkazib, uni to‘liq transfer qiladigan jamoa topishiga umid qilyapti.

Kataloniyaliklar “Jirona”ga ijaraga jo‘natilgan himoyachi Erik Garsiyaga ham yaxshi xaridor chiqishini kutyapti.

Qolaversa, “Barselona” yozda yana bir necha o‘yinchini transferga qo‘yishni rejalashtirgani aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!