“Barsa” yangi rekord o‘rnatdi

  • 08.01.2026 15:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi yarim final bosqichida “Barselona” futbolchilari “Atletik Bilbao” jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkazib, raqib ustilan 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Tecno

Shu tariqa kataloniyaliklar musobaqa tarixida yangi rekord o‘rnatdi.

Uchrashuvning birinchi yarmida  Ferran Torres, Fermin Lopes, Runi Bardagji, va Rafinya bitta-dan to‘p kiritdi. Tanaffusdan keyin Rafinya yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Barselona” Ispaniya Superkubok yarim finalida birinchi bo‘limda to‘rtta gol urgan ilk jamoa sifatida rekord o‘rnatdi. Bunga-acha hech bir klub bunday natijaga erisha olmagan, deb xabar berdi Opta statistika markazi.

“Barselona” ushbu muvaffaqiyatdan keyin  Superkubok finaliga yo‘l oldi. Final bahsi yakshanba kuni, 11 yanvar sanasida bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklarning raqibi Madrid derbisida, “Atletiko” va “Real” o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!