“Barsa” yangi to‘purarni kashf qildi, uni hali ko‘pchilik tanimaydi

  • 7 oktabr, 06:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Ispaniya chempionatining o‘zidan yosh hujumchi topdi. Mavsumni “Levante” tarkibida boshlagan 21 yoshli Etta Eyong sakkizta uchrashuvda beshta gol urib, to‘purarlik qobiliyatini namoyish qila boshladi.

Tecno

Eyong “Kadis” va “Vilyarreal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Vilyarreal” bir yil muqaddam bu o‘yinchini “Kadis”dan 1,5 million evroga sotib olib, yoshlar jamoasida o‘ynatgan edi.

“Vilyarreal” murabbiylar shtabi Etta Eyongni shu yilning 1 iyunida asosiy tarkibga jalb etdi. Oradan ikki oy o‘tib, yozgi transferlar oynasining oxirgi kunida “Vilyarreal” rahbariyati yosh forvardni 3 million evroga “Levante”ga sotib yubordi.

Aslida “Barselona” kamerunlik bu legionerni yozda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Ayrim sabablarga ko‘ra, bu savdo pishmay qoldi.

La Liga to‘purarlari bahsiga qo‘shilgan Eyongning transfer summasi bir oyda 20 million evroga etdi. Uning shartnomasida badal puli miqdori 30 million evro qilib belgilangan. Demak, kataloniyaliklar bu transferni amalga oshiradigan bo‘lsa, taxminan shu miqdorda xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!