
“Barsa” yozda “Siti” o‘yinchisini oladi. U kim ekan?
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Jeremi Dokuni nishonga oldi.
El Nacional nashrining yozishicha, 22 yoshli belgiyalik futbolchi hozirgi jamoasida o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi va yozda klubni tark etishga qarshi emas.
“Shaharliklar” ham 2023 yilning yozida 60 million evroga transfer qilingan futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ekspertlarning ma’lum qilishicha, manchesterliklar Doku bo‘yicha 60 million evrodan boshlangan har qanday taklif bo‘yicha muzokaraga kirishadi. Klub iste’dodli o‘yinchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga ham rozi ekani aytilmoqda.
Jeremi Doku joriy mavsumda barcha turnirlarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, oltita gol va ettita assist qayd etdi. Manchesterliklar yanvarda Umar Marmushni olib kelganidan keyin belgiyalik o‘yinchining kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Fikrlar