
“Barsa” yulduzi Muhammad Saloh o‘rnini egallaydi
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh yozda shartnomasi yakunlanishi bilan klubni tark etishi mumkin.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni uzaytirish masalasini hali hal qilib bo‘lgani yo‘q.
Shunga qaramay, liverpulliklar har ehtimolga qarshi misrlik to‘purarning o‘rnini bosa oladigan hujumchi topib qo‘ydi.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, Arne Slotga “Barselona” hujumchilaridan Rafinyaning o‘yini ma’qul kelmoqda.
O‘z navbatda, kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchini 100 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyorligi aytilyapti.
Braziliyalik futbol joriy mavsumda 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 24 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 18 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar