“Barsa” yulduzini katta maosh bilan “qarmoqqa” ilintirishmoqchi

  • 31 avgust, 2022, 11:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yozgi transferlar yakunlangunicha “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yongni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Tecno

Tomas Tuxel niderlandiyalik o‘yinchini qo‘lga kiritish fikridan qaytgani yo‘q. Manbalarning ta’kidlashicha, londonliklar Frenki de Yongni Angliyaga kelishga ko‘ndirish uchun uning agentlari bilan bog‘lanib, futbolchiga bir mavsum uchun 18 million evro maosh taklif qildi.

Bu summa orqali ular Frenki de Yong fikrini o‘zgartirishga urinmoqda. Pleymeykerning o‘zi “Barselona”dan ketmasligini ta’kidlagan edi.

Kataloniyaliklar esa bu yarim himoyachini tezroq sotib yuborib, kamida 85 million evro ishlab olishni istayapti. Balki 18 million evrolik maosh de Yongni Angliyaga etaklar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!