“Barsa” yulduzlari Olmoga joy bermadi

  • 22 iyul, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida Evropa chempionati qahramonlari Niko Uilyams va Daniel Olmoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.

Kataloniya superklubining moliyaviy ahvoli faqatgina Niko Uilyamsni transfer qilish imkonini beradi.

Football Espana va Sport.es nashrlarining yozishicha, kataloniyaliklar “Leyptsig”da o‘ynayotgan  Olmoni olish fikridan qaytishga majbur. Bu transferni amalga oshirish uchun klub o‘z tarkibidagi qimmatbaho o‘yinchilardan birini sotib yuborishi talab etiladi.

Klub mutasaddilari Ronald Arauxo, Frenki de Yong va Rafinya kabi o‘yinchilardan hech bo‘lmagada bittasini sotib yuborishga umid qilayotgan edi. Biroq “Barselona” vakillarining birortasi boshqa jamoaga o‘tishga rozilik bermagani aytilmoqda.

Agar klub rahbariyati “Barselona”ga o‘tish istagini bildirgan Daniel Olmoga joy ocholmasa, uning transferidan voz kechishga majbur bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!