
“Barsa” zo‘r hujumchiga taklif yubordi
“Barselona” rahbariyati “Arsenal”ga frantsiyalik hujumchi Aleksandr Lyakazett transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi.
“Kanonirlar” jamoa tarkibini yangilash maqsadida bir necha futbolchidan voz kechishga tayyor. Bosh murabbiy Mikel Arteta frantsiyalik to‘purarning ham ketishiga qarshi emas. Shu bois klub rahbariyati bu hujumchini olmoqchi bo‘layotgan jamoalar, xususan, “Barselona” bilan ham muzokara o‘tkazishga tayyor.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Arsenal” Aleksandr Lyakazett transferini 30 million evroga baholamoqda.
Fikrlar