"Barsa"da joy topilmagan futbolchiga APL klublari eshigini ochmoqda

  • 26 iyul, 2020, 07:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti yozgi transfer oynasi vaqtida kataloniyaliklar tarkibini tark etishi mumkin.

Futbolchining o‘zi "ko‘k-anor ranglilar"da tarkibidan ketishga shoshilmayapti, biroq klub rahbariyati frantsiyalik futbolchini moliyaviy sabablar ortidan transferga qo‘ymoqchi.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Umtiti uchun "Arsenal", "Vest Xem", "Everton", "Marsel", "Lion" va "Renn" klublari da’vogarlik qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ispan klubi fulbekni to‘laqonli transferga qo‘ymoqchi va ijara bo‘yicha bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!