
"Barsa"da omadi yurishmagan futbolchiga APL klubidan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda
"Aston Villa"ning o‘ng qanot hujumchisi Musa Diabi Saudiya Pro Ligasining "Al-Ittihod" klubi bilan kelishuvga erishdi. Diabi bir necha kundan so‘ng Jiddaga jo‘nab ketadi va tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, deya xabar bermoqda "Paper Talk" nashri.
Manbaga ko‘ra, "matraschilar" unga o‘rinbosar sifatida "Atletiko"dan Joay Felishni olib kelmoqchi. Portugaliyalik vinger o‘tgan mavsumni Kataloniyaning "Barselona" klubida ijarada o‘tkazdi. 24 yoshli futbolchi "Barsa", "Chelsi" va "Atletiko"dagi muvaffaqiyatsiz mavsumlaridan so‘ng "Benfika"ga ham qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Felish so‘nggi mavsum "ko‘k-anorranglilar" safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 30 million evroga teng.
Fikrlar