
"Barsa"dagi holatidan norozi bo‘layotgan yulduz "Chelsi"ga o‘tib ketishi mumkin
"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Gaviga qiziqish bildirmoqda.
London klubi 18 yoshli futbolchini yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda "As" nashri xabar bermoqda. "Aristokratlar" Gavining atrofidagi vaziyatni e’tibor bilan kuzatib bormoqda. "Barselona" o‘z futbolchisi bilan professional shartnoma imzolash borasida qiyinchiliklarga duch kelyampti.
3 hafta avval "Chelsi" sport direktori Kristoferom Vivellom futbolchining agenti Ivan De La Penoy bilan Madridda uchrashgandi. London klubi Gavini kelajak loyihasi uchun muhim futbolchi, deb hisoblaydi va unga jamoa yulduzi sifatida qaralishini ta’minlamoqchi.
Qayd etish lozim, Gavi shartnoma bilan bog‘liq muammo uchun "Barselona"dan norozi. U joriy mavsum La Ligada 27 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar