
“Barsa”dan “nemischa yurish”: Kataloniyaliklar ikki yulduzni tekinga oladi
“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaga Germaniya Bundesligasida pishgan futbolchilarni olib kelishga e’tibor qaratmoqda.
Germaniyalik murabbiy kelasi yozda o‘z jamoasida “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta va “Bavariya” tayanch yarim himoyachisi Yozua Kimmixni ko‘rmoqchi. Bu ikki o‘yinchi Kataloniya klubining himoyaviy salohiyatini oshirishi lozim.
Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar har ikki transferni kelasi yozdi – Ta va Kimmixning o‘z klublari bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin rasmiylashtirishni mo‘ljallagan.
Ta’kidlash joizki, Kimmix ham, Ta ham o‘z jamoasini tark etishga tayyor. Boshqa jamoaga o‘tish uchun har ikki o‘yinchi yangi shartnoma imzolamaydi.
Shu o‘rinda, Flik ilgari “Bavariya”da bosh murabbiy bo‘lib ishlaganida Yozua Kimmix uning qo‘l ostidagi eng ishongan o‘yinchilaridan bo‘lgan.f
Fikrlar
Акиллилар утирибди бошида.