
“Barsa”ga o‘tishiga bir qadam qolgandi
“Manchester Siti” yulduzi Rahim Sterling “Barselona”ga o‘tishiga yaqin kelgani haqida ma’lumot tarqatildi. Kataloniyaliklar uning o‘rniga “shaharliklar”ning boshqa vakili – Ferran Torresni sotib olgani bu transferga xalaqit qilgan, - deb yozmoqda The Athletic nashri.
Ayni paytda “Manchester Siti” mutasaddilari angliyalik futbolchini yangi bitimga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Bunga Sterling bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan munosabatlardagi kelishuvmovchiliklarga barham berib, ispaniyalik mutaxassis bilan yarashib olgani sabab bo‘ldi.
Sterlingni o‘zi mavsum oxirigacha vaziyatni kuzatmoqchi. Agar Gvardiola ham o‘zaro muammoni unutib, unga etarli darajada o‘yin amaliyoti beradigan bo‘lsa, jamoada qoladi. Aksincha bo‘lsa, yozda boshqa ish topishga harakat qiladi.
Rahim Sterling 2015 yildan beri manchesterliklar safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda premer-ligada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va bitta golli pas uzatdi.
Fikrlar