“Barsa”ni sharmanda qilgan darvozabon tarixdan joy oldi

  • 22.01.2021 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya kubogining 1/16 final uchrashuvida “Kornelya” jamoasi darvozasini “Barselona” hujumlaridan qo‘riqlagan Ramon Xuan tarixdan joy oladigan bo‘ldi.

Uchinchi divizion – Segunda V jamoasi darvozaboni o‘yinda Miralem Pyanich va Usmon Dembelening 11 metrlik belgidan yo‘llagan zarbalarini bartaraf qildi. Ramon Xuan   bir o‘yinda “Barselona” futbolchilarining ikkita penaltisini qaytargan yagona darvozabon sifatida nomini tarixga muhrladi.

Bundan tashqari, 21 yoshli posbon uchrashuv davomida kataloniyaliklarning ettita zarbasini qaytarishni uddaladi.

Bu uchrashuvdan so‘ng, Ramon Xuan mutaxassislar e’tiboriga tushdi. “Kornelya” bilan shartnomasi yozda yakunlanadigan futbolchining transferi 300 ming evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!