
“Barsa”ning ikki yulduzi klubdan ketishdan bosh tortdi
“Barselona” rahbariyati ngi bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘llaydigan o‘yiniga mos yangi ijrochilarni olib kelish uchun hozirgi tarkibdagi yulduzlarning ayrimlari bilan xayrlashishga majbur bo‘lmoqda.
Bu yo‘l orqali kataloniyaliklar ham transferdan pul ishlab oladi, ham maosh fondini qisqartiradi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, transferga qo‘yiladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumkor futbolchi Rafinya ham kiritilgan. Manbaga ko‘ra, bu futbolchilar “Barselona”dan ketishdan bosh tortyapti va o‘zlariga berilayotgan takliflarni rad etmoqda.
Niderlandiyalik futbolchi nafaqat “Barselona”da, balki Ispaniya chempionatida eng katta maosh oladigan o‘yinchi hisoblanadi. Kataloniyaliklar unga har mavsum uchun 37,5 million evro to‘lab keladi. 2026 yilning yarmigacha ana shunday katta mablag‘ oladigan o‘yinchi klubdan ketishni istamayotganini to‘g‘ri tushunish mumkin.
Braziliyalik Rafinyaning ham Kataloniyadagi topish-tutishlari yomon emas. Uning hamkorligi 2027 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan.
Fikrlar