
“Barsa”ning Lautaro bo‘yicha yangi taklifi “Inter”ni o‘ylantirib qo‘ydi
Kataloniya klubi Lautaro Martines transferi bo‘yicha yangi taklif tayyorladi.
“Barselona” vakillari Lautaroning agentlari bilan 22 yoshli futbolchining maoshi xususida kelishib bo‘ldi. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchiga yiliga 12 million evro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari, futbolchiga turli bonuslar ham va’da qilindi.
Endi “Barselona“ transferga ko‘nmayotgan “Inter”ni rozi qilish kerak. Hozircha, milanliklarga 80 million evro va himoyachi Xunior Firpo taklif qilinmoqda.
“Inter” bu taklifga hali rasmiy javob bergani yo‘q.
Super transfer. “Barselona” Lautaro Martinesni qo‘lga kiritdi
Fikrlar