
“Barsa”ning porlay olmayotgan yulduzi boshqa jamoaga o‘tadi
“Barselona” yil boshida “Atletiko Paranaense” klubidan Vitor Rokeni transfer qilgan edi.
19 yoshli futbolchi ko‘p maqtalganiga qaramay, kataloniyaliklarning asosiy tarkibiga kira olmayapti. Shu bois, klub mutasaddilari uni tajriba oshirishi, Evropa futboliga moslashishi va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun boshqa klublarga ijaraga berishni rejalashtirgan.
Barca Universal nashrining ma’lum qilishicha, yosh hujumchiga “Bayer”, “Borussiya Dortmund”, “Ayaks”, PSV hamda “Brayton” qiziqish bildirmoqda.
40 million evroga transfer qilingan Vitor Roke joriy mavsumda barcha turnirlarda 13 ta uchrashuv o‘tkazib, atigi ikkita gol ura oldi xolos.
Fikrlar