
“Barsa”ning qarori o‘zgardi
“Barselona” mutasaddilari jamoaning iqtidorli himoyachisi Ronald Arauxoni ushlab qolish uchun unga shartlari yaxshilangan bitim taklif qiladigan bo‘ldi.
23 yoshli urugvaylik futbolchining amaldagi kelishuvi bir yildan so‘ng yakuniga etadi. Arauxo klub rahbarlarining avvalgi ikki taklifini rad etganidan keyin Evropaning qator klublaridan chorlov ola boshladi.
Xavi bu o‘yinchi kelasi mavsumlarda ham jamoaga kerakligini ta’kidlamoqda. Shu bois, mutasaddilari urugvaylik himoyachiga yangi bitim hozirlayapti va uni mavsum yakunlangunga qadar imzolatishga urinib ko‘rinadi.
“Barselona” hamon moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgani uchun o‘yinchilarga katta maosh va’da qila olmayapti.
Fikrlar