"Barsa"ning yana bir futbolchisi jarohatdan qutildi

  • 26 fevral, 2024, 15:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" vingeri Ferran Torres La Liganing navbatdagi o‘yinida maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Santi Ximenes xabar bermoqda. 

Tecno

Ispaniya chempionatining 27-turida "ko‘k-anorranglilar" "Atletik" Bilbao mehmoni bo‘ladi. Ispaniyalik futbolchi kichik jarohati tufayli kataloniyaliklarning so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazib yuborgan edi.

Shuningdek, Ferran Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidagi “Napoli” bilan o‘yinida ham maydonga tusha olmagan.
Ma’lumot uchun, Torres Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2022 yilning yanvar oyida "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!