"Barselona" - "Napoli" va "Bavariya" - "Chelsi" bahslarini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum!

  • 6 avgust, 2020, 17:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida qaysi hakamlar ishlashi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

"Barselona" - "Napoli" bellashuvida turkiyalik hakamlar brigadasi ishlaydigan bo‘ldi. Juneyt Chaqir boshchilik qiladigan uchrashuvda unga Baxattin Duran va Tarik Ongun assistentlik qilishadi. Xalil Meler esa zahira hakami bo‘lib ishlaydi.

"Bavariya" - "Chelsi" bahsini Ovidiu Xatsegan boshqarib boradi va unga qanotlarda Oktavian Shovre va Sebastyan George yordamchilik qilishsa, Radu Petrusku zahira hakami bo‘ladi. Ushbu hakamlarning barchasi ruminiyalik hisoblanishadi.

Eslatib o‘tamiz, ikkala qarama-qarshilik 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yinlarda "Napoli" "Barselona" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, "Bavariya" safarda "Chelsi"ni 3:0 hisobida taslim qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!