
"Barselona" - "Real": Murabbiylar bugun kimlarni asosiy tarkibda maydonga tushiradi?
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Kataloniyadagi muhtasham "Kamp Nou" stadionida joriy mavsumning ilk "el-klassiko"si bo‘lib o‘tadi.
Mazkur qarama-qarshilik oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari kimlarni asosiy tarkibda maydonga tashlashi barchani birdek qiziqtirmoqda. Biz ham Karlo Anchelotti hamda Ronald Kumanning tanlovini taxmin qilishga urinib ko‘rdik.
Quyida "Barselona" - "Real" uchrashuvi uchun taxminiy tarkiblar bilan tanishing:
"Barselona": Darvozabon: Ter Shtegen; Himoyachilar: Xordi Alba, Erik Garsiya, Jerar Pike, Oskar Mingesa; Yarim himoyachilar: Serxio Buskets, Frenki de Yong, Gavi; Hujumchilar: Ansu Fati, Serjino Dest, Memfis Depay.
"Real": Darvozabon: Tibo Kurtua; Himoyachilar: Lukas Vaskes, Eder Militao, David Alaba, Ferlan Mendi; Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Kazemiro, Toni Kroos; Hujumchilar: Rodrigo, Vinisius Junior, Karim Benzema.
Fikrlar