"Barselona", Italiya hamda APL klublari belgiyalik futbolchiga xaridor

  • 03.12.2022 17:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund himoyachisi Toma Mene "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Shuningdek, futbolchiga boshqa ko‘plab klublar ham taklif jo‘natishga tayyor, deb xabar berdi Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri.

Manbaga ko‘ra, futbolchini Italiya A seriyasi va Angliya premer-ligasi klublari o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq Tomaga qiziqish bildirgan jamoalarning nomi hali e’lon qilinmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Mene avvalroq Frantsiyaning grand jamoasi PSJ tarkibida to‘p tepgan. Joriy mavsumda 31 yoshli himoyachi Germaniya Bundesligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, hech qanday foydali harakatlar amalga oshirmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!