"Barselona" 8 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi!

  • 3 iyun, 2022, 14:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Kataloniya klubiga kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda "Catalunya Radio" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada aytilishicha, ispaniyalik mutaxassis “short-listi”dan sakkiz nafar o‘yinchi joy olgan.

Xavi "ko‘k-anorranglilar" safiga "Milan" yarim himoyachilar Frank Kessi, "Manchester Siti" a’zosi Bernardu Silva, "Lids" etakchisi Rafinya, “Chelsi” himoyachilari Andreas Kristensen, Sezar Aspilikueta, Markos Alonso va "Sevilya"dan Jyul Kunde, hamda "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskini olib kelishni istamoqda.

Avvalroq, “Barselona” Kessi va Kristensen bilan kelishib olgani, ammo moliyaviy muammolar tufayli ularni ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!