
“Barselona” Angliyadan mashhur futbolchini chaqiryapti
“Barselona” yozgi transferlar vaqtida klubga taklif qilinadigan yangi ijrochilar ro‘yxatini shakllantirib, transfer imkoniyatlarini o‘rganib chiqyapti.
Todofichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklar tayanch zonaga “Arsenal” futbolchisi Tomas Partini olib kelmoqchi.
Londonliklar shartnomasi yozda tugaydigan 31 yoshli ganalik futbolchiga hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklif bermaydigan bo‘ldi.
20 million evro atrofida baholanayotgan tajribali o‘yinchini olish uchun kataloniyaliklar “Bavariya” bilan raqobatga kirishishiga to‘g‘ri keladi.
Tomas Parti ispan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U futbol sir-asrorlarini “Atletiko”da o‘rgangan. Madridliklar jamoasidan tashqari ijara asosida “”Malorka” va “Almeriya” klublarida tajriba oshirgan.
“Atletiko”dagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin “Arsenal” Tomas Partini 2020 yili 50 million evroga transfer qilgan edi.
Fikrlar