"Barselona" "Arsenal" yarim himoyachisini jamoada ko‘rmoqchi

  • 7 oktabr, 2023, 14:10
  • 0
  • Futbol

Huquqlari "Arsenal"ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Jorgino faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" 31 yoshli xavbekni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Italiyalik futbolchining transferi bilan shaxsan "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi Ernandes qiziqmoqda.

Jorjinoning "kanonirlar" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Londonliklar futbolchini keyingi yozda tekinga boy bermaslik uchun qishda sotishlari mumkin. "Transfermarkt" portali uni 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!