"Barselona" Arturni sotmaydi

  • 13 aprel, 2020, 14:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachi Arturni yozgi transferlar davrida sotmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Mart oyi boshlarida kataloniyaliklar Arturni argentinalik hujumchi Lautaro Martines evaziga “Inter”ga qo‘shib bermoqchiligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Ammo, hozirda “ko‘k-anor ranglilar” buni inkor etishmoqda.

“Barselona” Arturni 2018 yil “Gremio”dan 31 mln evro evaziga sotib olgan edi. U bu mavsum La Ligada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!