“Barselona” arzon-garov futbolchi qidirmoqda

  • 24 may, 2022, 18:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" "Real Sosedad" yarim himoyachisi Adnan Yanuzayga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Goal.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik xavbekka yana bir da’vogar Italiyaning "Napoli" klubi hisoblanadi.

Kataloniyaliklar Adnanni “Lids” futbolchisi Rafinyanga alternativ sifatida ko‘rmoqda. Agarda, “ko‘k-anorranglilar” “tovuslar” etakchisini qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini Belgiya terma jamoasi a’zosiga qaratadi.

27 yoshli Yanuzay o‘tgan mavsumda "Real Sosedad" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining San-Sebastyan klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Xabarlarga ko‘ra, ispan jamoasi bitimni uzaytirmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!