"Barselona" ayollar jamoasi "el-klasiko"da yirik g‘alabani tantana qildi

  • 19 noyabr, 2023, 18:12
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayollar o‘rtasida Ispaniya chempionati 9-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" Madrid bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "ko‘k-anorranglilar" yirik 5:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. 

Gollardan biriga yaqindagina "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan Aytana Bonmati mualliflik qildi. Shuningdek, Graham, Mariona, Pina hamda Lopez ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Ochkolari sonini 27 taga etkazib olgan "Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. 21 ochkosi bor "Real" ikkinchi pog‘onani band etgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!