“Barselona”: Bartomeu g‘azabda!

  • 3 avgust, 2020, 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” prezidenti Bartomeu yarim himoyachi Arturning jamoa ixtiyoriga etib kelmaganidan g‘azablanmoqda.

- Arturning qilgan ishi, avvalo jamoadoshlariga va klubga hurmatsizlikdir. Chunki klub Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishi kerak. Muhim musobaqa oldidan o‘yinchining safga qaytmasligi hech qaysi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Buni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi.

Biz u bilan Chempionlar ligasi yakunigacha “Barselona” ixtiyorida bo‘lishiga kelishib olgandik. Bu ham chempionat, ham Chempionlar ligasiga tegishli edi. Artur jamoada o‘z o‘rniga ega va g‘alaba uchun yordam berishga qodir futbolchi. U qisqa tanaffusdan keyin Kataloniyaga qaytmadi. Qo‘ng‘iroq qilib, Braziliyada ekanini va kelmasligini aytdi xolos, - dedi Bartomeu.

Artur yangi mavsumni “Yuventus” tarkibida boshlaydi. “Barselona” uni turinliklar pleymeykeri Miralem Pyanichga almashtirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!