"Barselona" "Bavariya" etakchisini nishonga oldi

  • 11 sentabr, 2023, 13:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller hali klub bilan shartnomasini uzaytirgani yo‘q.

Tecno

Myunxen etakchisining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. "Sport" nashri xabariga ko‘ra, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli erkin agentlarni sotib olishga e’tibor qaratayotgan "Barselona" allaqachon Myuller nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Nemis futbolchisi kelasi yozda klubsiz qolsa "ko‘k-anorrranglilar" safiga qo‘shilishi mumkin.

Tomas Myuller butun professional faoliyati davomida "Bavariya"da o‘ynagan. Germaniyalik forvard Bundesliga giganti safida barcha musobaqalarda 669 o‘yinda 235 ta gol urdi va 257 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!