"Barselona" "Bavariya" hujumchisi uchun 110 million evro to‘lashga tayyor
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozda hujum chizig‘ini jiddiy kuchaytirmoqchi. "Fichajes" nashrining so‘zlariga ko‘ra, "Bavariya" klubi hujumchisi Jamal Musiala "ko‘k-anorranglilar" radariga tushib qolgan.
Jamoa ustozi Xavi Ernandes Musiala bilan shartnoma imzolash tashabbuskorlaridan biri. Mutaxassisning fikricha, Jamalda dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylanish imkoniyati bor.
20 yoshli futbolchi “Bavariya” safida 2020 yilning yozidan buyon to‘p suradi. Musialaning myunxenliklar bilan shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Hujumchining transfer qiymati 110 million evroga baholanmoqda.
Germaniyalik futbolchi Bundesliganing joriy mavsumida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va sheriklariga 10 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar