“Barselona” “Bavariya” yulduzini “Real”dan tortib olmoqchi
“Barselona” klubi “Bavariya” vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. Bu haqida xorij nashrlari xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, futbolchiga “Real Madrid” ham da'vogarlik hisoblanadi. Avvalroq insayder Kristian Falk madridliklar yozda Olise uchun taxminan 170 million yevro taklif qilishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.
Biroq myunxenliklar futbolchini sotishni rejalashtirmayapti va hatto 200 million yevro atrofidagi taklifni ham qabul qilmasligi aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda fransiyalik vinger klub safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 29 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Fikrlar