“Barselona” bir vaqtlar bazo‘r erishgan futbolchisidan tezroq qutilmoqchi

  • 21.05.2020 21:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtitining Kataloniyaga safari erta qarigan ko‘rinadi.

Bundan to‘rt mavsum oldin “Barselona” bu himoyachini “Lion”dan olib kelish uchun ancha ter to‘kkandi. Iste’dodli himoyachi ikki mavsum yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi. Keyin sekin-asta asosiy tarkibdagi joyini boy berdi.

“Barselona”  bu mavsum ko‘p vaqtini jarohatini davolatishga sarflagan himoyachidan tezroq qutilishni istayapti. Shuning uchun kataloniyaliklar uning transfer narxini 50 million evrodan 30 millionga pasaytirdi.

Joriy mavsumda atigi 16 ta o‘yinda ishtirok etgan Umtitiga asosan Angliya klublari og‘iz solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!