"Barselona" bosh murabbiyligi uchun asosiy da’vogar ma’lum bo‘ldi

  • 28 may, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines bo‘lishi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 45 yoshli ispaniyalik mutaxassis “ko‘k-anor ranglilar”ning iste’foga chiqishi aytilayotgan bosh murabbiyi Ernesto Valverdening o‘rniga asosiy nomzod sifatida tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar ushbu lavozimga Ronald Kuman (Gollandiya terma jamoasi), Erik ten Xag ("Ayaks") va Massimiliano Allegri (ishsiz) kabi mutaxassislar nomzodini ham ko‘rib chiqishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Martines Belgiya terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Belgiyaliklar uning qo‘l ostida o‘tgan yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundialda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!