“Barselona” bu o‘yinchidan voz kechishi uchun uch oy kifoya qildi

  • 19 oktabr, 2022, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzolagan Frank Kesse Kataloniyada uzoq qololmaydigan ko‘rinadi.

Tecno

Bosh murabbiy Xavi Ernandes jamoaga “Inter” yarim himoyachisi Nikolo Barellani olib kelishni istayapti. 25 yoshli italiyalik futbolchi “Real” nishonida ham turibdi.

Calciomercatoweb sayti “Barselona” mutasaddilari “Inter”ga Barellani Kessega alishtirishni taklif qilmoqchi. Kesse Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgunga qadar, “Milan” safida to‘p tepgan va A Seriyaga juda yaxshi moslashgan.

Nikolo Barella esa “Inter” safiga 2020 yili “Kalyari”dan ko‘chib o‘tganidan beri o‘z mahoratini ko‘rsatib kelmoqda. Uning xaridorlar tobora ko‘payib boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!