"Barselona" bu transferni tezlashtirmoqchi

  • 20 iyul, 2024, 15:40
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" Nikoni sotib olish bilan birga Dani Olmoning transferi borasidagi ishlarni kuchaytirdi, deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri.

60 million evro - bu Olmoning 20 iyulgacha belgilangan tovon puli. U bugun o‘z nihoyasiga etishi kerak edi. Ammo "Barsa" "RB Leyptsig" bilan bu muddatni yana bir necha haftaga muzlatib qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik xavbekka APLdan ham qiziqish bor. Xususan, "Manchester Siti" va "Chelsi" jamoalari futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!