"Barselona" bu yozda "Bornmut" hujumchisini sotib olmoqchi

  • 28.07.2026 14:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» rahbariyati yozgi transfer oynasida «Bornmut» tarkibida to‘p surayotgan yosh fransuz hujumchisi Eli Zhunior Krupini jamoaga olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

ESPN tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 20 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirgan. U o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida «Bornmut» safida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, mutaxassislar e’tiborini tortgan. «Barselona» vakillari Krupini sotib olish bo‘yicha shartlar, jumladan, ehtimoliy bitimning moliyaviy jihatlarini ham o‘rganib bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, mutaxassislar yosh hujumchining transfer qiymatini taxminan 70 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Eli Zhunior Krupi Angliya premyer-ligasida «Bornmut» tarkibida 33 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va besh bor ogohlantirish kartochkasiga duch keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!