"Barselona" bunga shubha qilmoqda
Qishki transferlar oynasida "Aston Villa" safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino kuchli o‘yin namoyish eta boshladi.
U APL doirasidagi 3 ta o‘yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylanib ulgurdi. "Diario Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Angliya klubi Koutinoni 40 million evroga sotib olishiga ishonmayapti.
"Aston Villa" Filippeni o‘z safida olib qolishga qaror qilsa, "Barsa" uning narxini 25-30 milliongacha tushirishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik yarim himoyachi mavsum so‘nggiga qadar 40 million evroga sotib olish huquqi bilan "Barselona"dan birmingemliklar tarkibiga o‘tgandi.



Fikrlar