"Barselona" Dembeleni sotish fikridan qaytdi

  • 11.12.2018 16:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi tez-tez injiqliklar qilib turadigan vingeri Usmon Dembeleni tarkibda saqlab qolmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Aytish kerakki, 21 yoshli frantsiyalik futbolchiga xaridor bo‘layotgan jamoalar uni sotib olishlari uchun uning shartnomasida belgilangan 400 mln evrolik tovon pulini to‘lashlari lozim.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar Dembelening xurmacha qiliqlaridan bezor bo‘lgani va shu bois uni transferga qo‘ymoqchi ekanligiga oid xabarlar tarqalgan edi. Unga esa ayni damda Angliyaning ikki grandi – “Liverpul” va “Arsenal”dan jiddiy qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Barselona” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!