"Barselona" ertaga "Ueska"ga qarshi etakchi futbolchilarisiz o‘ynaydi

  • 12 aprel, 2019, 23:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” La Liganing 32-turidan o‘rin olgan “Ueska”ga qarshi bahsda o‘zining etakchi futbolchilarisiz harakat qiladi.

Tecno

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde shu kuni Lionel Messi va Serxio Busketsga dam berishga qaror qilgan. Jerar Pike va Luis Suares sariq kartochkalari soni ortib ketgani bois ushbu bahsda o‘ynamaydi. Tomas Vermalen, Serxi Roberto va Rafinyalar jarohati sabab “Barsa”ga yordam bera olishmaydi. Shuningdek, xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich ham isitma bilan betob bo‘lgani uchun “Ueska”ga qarshi o‘yinda qatnashmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!