"Barselona" etakchilari Grizmanning transferiga qarshi chiqishmoqda
"Barselona" klubining etakchi futbolchilari "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni jamoada ko‘rishni xohlashmayapti.
Cadena Ser nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu futbolchilar Grizmanning o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safiga o‘tishni istamaganini hamon unutishgan yo‘q va ularda bu borada ranjish bor. Shu bois franfuz futbolchisining “Kam Nou”ga transferi barbod bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmann “Barselona”ga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlash kerakki yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida uning tovon puli 120 mln evroga tushib ketadi.
Fikrlar