"Barselona" etakchisi 3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin

  • 9 avgust, 16:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning 36 yoshli hujumchisi Robert Levandovski chap oyog‘i sonining orqa qismidan olgan jarohati tufayli 3 hafta maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, polshalik futbolchi Ispaniya chempionatining dastlabki uchta turida "ko‘k-anorranglilar"ning "Malorka" (16 avgust), "Levante" (23 avgust) va "Rayo Valekano" (31 avgust) jamoalariga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin. Levandovski terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffusdan so‘ng, sentyabr oyi o‘rtalarida safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

O‘tgan mavsumda forvard barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 12 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!