
"Barselona" etakchisi "Real"ga qarshi o‘yingacha maydonga qaytmoqchi
“Barselona”ning frantsiyalik himoyachisi Jyul Kunde “Real”ga qarshi printsipial o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Frantsiya terma jamoasi tarkibida jarohat olgan himoyachi "qirollik klubi"ga qarshi bellashuvgacha maydonga qaytishdan umidvor.
"Mening ahvolim yaxshi. Ushbu o‘yingacha maydonga qaytishga harakat qilaman", - dedi Kunde.
Eslatib o‘tamiz, Jyul UEFA Millatlar ligasi doirasidagi Avstriyaga qarshi o‘yinda maydonni erta tark etdi. Himoyachi "Barselona"ning so‘nggi ikki o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Undan tashqari Xavi Ernandes Andreas Kristensen, Ektor Belerin va Ronald Arauxo kabi futbolchilarning ham xizmatidan foydalana olmaydi. "El-klassiko" 16 oktyabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar