"Barselona" faqat bir shart bilan Neymarni ortga qaytarishi mumkin
"Barselona" rahbariyati PSJdagi sobiq forvardi Neymarni faqat bir shart bilan ortga qaytarishga rozi bo‘lishini aytdi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" 26 yoshli braziliyalik futbolchining yana "Kamp Nou"ga qaytishi mumkinligini istisno qilishmayapti. Faqat, agar Neymar chindan ham "Barsa"ga qaytishni istasa, buning uchun avval to‘lanmagan bonuslar uchun klubni sudga bergani va rahbariyatni haqorat qilgani uchun kechirim so‘rashi kerak.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Neymar kecha "Barselona" bazasiga tashrif buyurgani va sobiq jamoadoshlari bilan bo‘lgan suhbatda PSJga o‘tish faoliyatidagi eng noto‘g‘ri qaror bo‘lgani haqida aytgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar