"Barselona" futbolchilari uchun noxush xabar
Kataloniyaning "Barselona" klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz ortidan yangi mavsumda ham o‘z byudjetini qisqartirmoqchi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “ko‘k-anor ranglilar” butun mavsum uchun maoshlarni qisqartirib yuborishi mumkin. Chunki, klub zararga kirmasligi uchun 200 million evro tejab qolishi kerak.
Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Barselona” karantin davrida futbolchilar maoshini 70% ga qisqartirgan edi.

Fikrlar