
"Barselona" futbolchisi: Hech qaerga ketmayman!
Ferran Torres "Barselona"da qolib, ko‘proq o‘yin amaliyotiga erishmoqchi. Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, klub yozda u bilan xayrlashishga tayyor bo‘lishiga qaramay, 23 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi ertami kechmi muntazam o‘yin amaliyoti bilan ta’minlanishiga ishongan holda "ko‘k-anorrangilar" safida o‘ynashni davom ettirmoqchi. Ferran uzoq yillar “Kamp Nou”da qolib, jamoaning asosiy futbolchisiga aylanishiga ishonmoqda.
Ta’kidlanishicha, "Barselona" hali Torres borasida biror bir qarorga kelmagan, biroq rahbariyat uning transferidan katta zarar ko‘rmaslik uchun uni sotmasligi ham mumkin. Eslatib o‘tamiz, “Barsa” Ferranni 2021 yilning dekabrida “Manchester Siti”dan 55 million evroga sotib olgan edi.
O‘tgan qishki transfer oynasida "Atletiko" va bir qator Italiya klublari Torresni ijaraga olish taklifi bilan chiqishdi, ammo kataloniyaliklar bu takliflarni hatto ko‘rib chiqishni ham istashmadi.
Yarim himoyachi joriy mavsum La Ligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar