"Barselona" futbolchisi mavsumni La Liganing boshqa klubida davom ettiradi

  • 27 dekabr, 2019, 11:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Karles Alenya mavsumni "Betis"da davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra "Betis" 21 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, Alenya joriy mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va shu sababli ham kataloniyaliklar uning ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berishga qaror qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!